Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining Nefrologiya Boʻlimi markazi binoning orqa korpus 2-qavatida joylashgan boʻlib, viloyatdagi bolalarga nefrologik xizmat koʻrsatadi. Boʻlim 30 oʻringa moslashgan, 10ta palata, muolaja xonasi, oshxona va boshqa yordamchi xonalardan iborat. Xonalar isitish tizimi bilan taʼminlangan,suv va elektr toki doimiy. Boʻlimda buyrakning oʻtkir va surunkali kasalliklari va siydik yoʻllari infeksiyasi kasalliklari davolanadi.


Qanday kasalliklar davolanadi?

Glomerulonefrit, Piyelonefrit, Sistit, Siydik yoʻllari infeksiyasi, Tuzli diatez. Boʻlimda yil davomida 1500 ga yaqin bemorlar davolanadi. Bemorlarda oʻtkaziladigan zamonaviy tekshirish va davolash usullaridan: UTT (Ultra tovush tekshiruvi). Laborator tekshiruvlar: Umumiy qon taxlili, Bioximik qon taxlili ( Umumiy oqsil, qoldiq azot, kreatinin, mochevina ), Umumiy peshob taxlili Zimnisskiy sinamasi Nicheporenko sinamasi

Kelgusida rejalashtirilgan ishlar

Boʻlim shifokorlarini uzluksiz malakasini oshirish, Boʻlimda oʻtkaziladigan zamonaviy tekshirish va davolash usullarini tumanlar miqyosida ustoz- shogird master klasslar orqali targʻib qilish, Tumanlardan nefrologik kasalligi boʻlgan bemorlarni viloyatdan chetga chiqib davolanishini kamaytirish, Dispanser hisobiga turgan bemorlarni sogʻlomlashtirish.