Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

Qanday kasalliklar davolanadi?

Laboratoriya boʻlimi 1978-yildan boshlab faoliyat olib bormoqda. Boʻlimda klinik va biokimyoviy tahlillari, koagulogramma, immunoferment analizlari koʻriladi. Boʻlimda jami 30 xilga yaqin tahlillar koʻriladi. Shulardan: Biokimyoviy tahlillardan: umumiy oqsil, umumiy bilirubin, bogʻlangan bilirubin, bogʻlanmagan bilirubin, ALT, AST, mochevina kislotasi, mochevina, qoldiq azot, kreatinin, glyukoza, kalsiy, temir, C reaktiv oqsil, Antistreptolizin O, revmatoidniy faktor Klinik tahlillardan: umumiy qon analizi, suyak koʻmigi mielogrammasi, orqa miya suyuqligini tekshirish, umumiy peshob va najas tahlillari qilinadi. Koagulogramma tahlillaridan: protrombin vaqti, qisman faollashgan trombin vaqti, fibrinogen, trombin vaqti Immunoferment analizlaridan: IgG va IgM virusli gepatit A va B, IgG VICH, TORCH ( IgG va IgM SMV, Gerpes, toksoplazmoz, qizilcha, qizamiq) kabi tahlillar bajariladi.

Ishlash tartibi

Laboratoriyada kuniga 100 dan ortiq bemorlarning laborator tahlillari koʻrib chiqiladi. Barcha analizlar zamonaviy texnologiyalar apparaturalarda bajariladi. Biokimyoviy analizlar klinist vrachlarga tashxis qoʻyishda asqotmoqda. Ayniqsa, klinik tekshiruvlar sirasiga kiruvchi markazda yoʻlga qoʻyilgan meilogramma tahlili gematologik bemorlarni erta tashxislash imkonini yaratdi. Bundan tashqari immunoferment analizi infeksion kasalliklarning aniqlash va ularning dinamikasiga baho berish uchun muhim poydevor boʻldi. Koagulogramma tahlillari orqali bemorlarni skrining qilish imkoniyati yaratildi