Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

BOLALAR ShIFOXONASIGA — YuNISEFDAN TIBBIY USKUNALAR (foto)

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga YuNISEF tomonidan qiymati 100 ming AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi eng zamonaviy tibbiy uskunalar topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Alisher Boboev, YuNISEFning yurtimizdagi vakolatxonasi vakillari hamda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jamoasi ishtirok etishdi.

— Ushbu tibbiy jihozlarning 5 tasi Germaniyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy  narkoz uskunalari bo‘lib, og‘ir bemorlarda tezkor jarrohlik amaliyotlarini bajarishda muhim ahamiyatga ega, — deydi markaz bosh shifokori To‘lqin Rasulov. – Shuningdek, yana 5 ta Vetnamda ishlab chiqarilgan zamonaviy SIPAP apparati keltirildi.

Shu kuni markazda uchta yangi gemodializ apparati, shuningdek, bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida yangi barpo etilgan “Qabulxona” majmuasi ham foydalanishga topshirildi.