Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

Yangi imkoniyatlar (foto)

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jamoasi yangi yilni yaxshi yangilik bilan boshladi.

Markazning o‘z mablag‘i hisobidan 18 o‘rinli reanimatsiya bo‘limiga qo‘shimcha 10 ta yangi zamonaviy kardiomonitor keltirildi. Bir vaqtning o‘zida yurak urishi, qon bosimi,  harorat, saturatsiya singari muhim ko‘rsatkichlarni nazorat qilish imkonini beradigan bu uskunalar bemorlar uchun qo‘shiimcha qulayliklar yaratdi.

Bu orqali bo‘limdagi mazkur turdagi tibbiy uskunalar soni 20 taga yetkazildi.