Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

Qashqadaryo viloyatida bolalar salomatligi yo‘lida — malakali shifokorlar bilan yuqori texnologiyali operatsiyalar soni va turi ortmoqda

Qashqadaryo viloyatida bolalar salomatligiga qaratilgan e’tibor yildan-yilga kuchayib bormoqda. So‘nggi yillarda esa bu jarayon sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi.
📈2024–2025 yillarda Qashqadaryoda yuzlab bolalar sog‘ligiga daxldor, yuqori texnologiyali operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
➕Ana shunday yuqori texnologik operasiyalardan 5 tasi kuni kecha viloyatimizda amalga oshirildi.
📌Besh yoshli qizaloqda «chov churrasi va safro pufagini laparoskopik usulda olib tashlash», to‘rt yoshli bemor bolada «Chap tomondagi chov churrasi va safro pufagi operatsiyasi», 3 yoshli bemor bolada «Churrani laparoskopik usulda bartaraf etish», 2 yoshli bolada «Kriptorxizm tashxisi asosida orxopeksiya va «churrani bartaraf etish» kabi operatsiyasi»lari tez va muvaffaqiyatli bajarildi.
Respublika Bolalar Milliy Markazi bilan hamkorlikda yetuk mutaxassislar —t.f.n. Umarov Qosim Mirzakulovich va t.f.n. Nosirov Mansur Muxtorovich va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi malakali shifokorlari D.Nurmamatov, Sh.Komilov, A.Qodirov, A.Botirovlar ishtirokida o‘tkazilgan yuqori texnologiyali operasiyalar poytaxt tajribasining joylarda joriy etilishi, xalqimiz farzandlariga o‘z hududida zamonaviy tibbiy yordam olish imkoniyatini berdi. Ayniqsa, jarrohlik amaliyotlarining murakkabligi va bolalar yoshiga xos yondashuvlar inobatga olinsa, bu yutuq beqiyosdir
🟢Yana bir quvonarli jihati shundaki, bu bolajonlar 3-4 kunda sog`ayib, uylariga ketishmoqda
🌐Raqamlar orqali natijalar:
📌Viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yilda — 341 nafar bolaga 42 ta yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yil 1-choragida — 109 nafar bolaga 29 ta shoshilinch va rejalashtirilgan yuqori texnologiyali operatsiyalar o’tkazildi. Operasiyalarni soni va turi esa yil sayin oshib bormoqda
🔥Yuqori texnologik operasiyalar viloyat markazi va tumаn, shaharlarning o‘zida bajarilishi bemor, uning yaqinlari, qolaversa tibbiyot xodimlariga ham har tomonlama qulaylik bermoqda. Bu jarayon nafaqat viloyatdagi jarrohlik amaliyotlari sifatini oshiradi, balki ko‘plab oilalarga uzoq yo‘l bosmay, o‘z hududida davolanish imkonini yaratmoqda.
Qashqadaryolik bolajonlar sog‘lom bo‘lishga haqli — bu yo‘ldagi harakatlar esa bardavom!
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati