Qashqadaryoda bolalar jarrohligi bo‘yicha tajriba va malaka almashuvi izchil davom etmoqda
Qashqadaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida viloyatda bolalar jarrohligini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifati va shifokorlar salohiyatini yanada oshirish maqsadida hududiy tibbiyot mutaxassislari uchun master-klasslar, amaliy mashg‘ulotlar va yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
🔹 Bolalar milliy tibbiyot markazi shifokorlari ishtirokida o‘tayotgan tadbirlar doirasida:
— Zamonaviy endoskopik va laparoskopik usullar asosida amaliyotlar bajarilmoqda
— Mahalliy shifokorlar uchun jonli mashg‘ulotlar orqali tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan
— Ilg‘or xalqaro amaliyotlarga asoslangan yondashuvlar taqdim etilmoqda