Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

QASHQADARYODA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYA AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

Bugun Qashqadaryo viloyatida “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasining ikkinchi kuni doirasida operatsiya jarayonlari boshlandi. Aksiya davomida ehtiyojmand, kam ta’minlangan hamda og‘ir sharoitdagi oilalarda voyaga yetayotgan bemor bolalarga malakali shifokorlar tomonidan jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilmoqda.
🟢Mazkur tashabbus Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan amalga oshirilmoqda va barcha xizmatlar xayriya mablag‘lari hisobidan taqdim etilmoqda.
📅Aksiya 4-aprelga qadar davom etadi.
📍Manzil: Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi
➡️ Barcha yurtdoshlarimizni ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz!