Bolalar milliy tibbiyot markazida yana bir noyob operasiya o’tkazildi
Bolalar milliy tibbiyot markazida yana bir noyob operasiya o’tkazildi. Natijada dunyoda kam uchraydigan yurak nuqsoni, ya’ni Ebshteyn anomaliyasiga chalingan 13 yoshli bemor sog’lom hayotga qaytdi.
Ushbu yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti orqali bolakayning yurak qopqog’i tiklanib, uning tuzilmasi va faoliyati me’yoriy holatga keltirildi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada ushbu operasiya tafsilotlari haqida so’z yuritiladi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.