Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

«Bolalar tibbiyotidagi innovasion texnologiyalar» mavzusidagi xalqaro forum davom etmoqda

So’zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, bolalar milliy tibbiyot markazi qisqa muddatda salmoqli natijalarga erishdi. Bu erda O’zbekistonda ilk bor bolalarda suyak ko’migi va jigar transplantasiyasi, Laparoskopik usulda buyrak ko’chirib o’tkazish, periferik qondan o’zak hujayralarni ajratib olish kabi 100 dan ortiq noyob jarrohlik amaliyotlari o’zlashtirildi.

Bunday izlanish va yangilanishlar natijasida markaz xalqaro darajadagi JCI sertifikatini olgan mamlakatimizdagi birinchi davlat tibbiyot muassasasi bo’ldi. 

Shu bilan birga, uning laboratoriyasi Britaniyaning xalqaro RIQAS (Randox International Quality Assessment Scheme) dasturi doirasida 4 yo’nalish bo’yicha «Certificate of Participation» sertifikatini qo’lga kiritdi.

Muhokamalar jarayonida pediatriya va neonatologiyaning zamonaviy yo’nalishlari, irsiy hamda orfan kasalliklar, kichik yoshli bemorlarda sepsis va septik shokni davolashda yangi imkoniyatlar, bolalar jarrohligidagi an’analar va innovasion texnologiyalar kabi qator dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratilyapti.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.