Markazda 2023-yilda bevosita bosh vrachning tashabbusi va raxbarligida 10 o'rinli Kardioxirurgiya bo'limi ochilib o'tgan vaqt davomida Tug'ma yurak parogi kasalligi bilan og'rigan 27 nafar bolada Qashqadaryo tibbiyotida ilk marotaba ochiq usulda ishlab turgan yurak ustida jarroxlik amaliyotlari o'tkazildi va barchasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Qanday kasalliklar davolanadi?
Bemorlarda oʻtkaziladigan zamonaviy tekshirish va davolash usullaridan:
- Zamonaviy sistoskop apparadi bilan qovuq patologiyasida tekshirishlar oʻtkazish.
- Umumiy va ekskretor urografiya, miksion sistografiya, UTT, MSKT (zaruriy xolatlarda).
-Laborator tekshirishlar: Umumiy qon analizi, qon bioximik taxlillari, kaogulogramma, IFA tekshiruvi,
umumiy peshob taxlili, Zimniskiy sinamasi.
Boʻlimda bajariladigan rejali va shoshilinch operatsiyalar:
--Piyelolitotomiya, nefrolitotomiya, nefrolitostomiya, nefroektomiya, ureterolitotomiya, epitsistolitotomiya.
-- Piyeloplastika, ureterotsistoneoanastomoz, ureterotseleni bartaraf etish, divertikulektomiya, uretroplastika, orxopeksiya, varikotseleda Marmar usulida operatsiya, Rossi boʻyicha operatsiya, serkumsizio.
- - siydik yoʻllari shikastlari turiga qarab jaroxatlarni bartaraf etish operatsiyalari.
Bo'limda qilingan yangiliklar
-gipospadiya kasalligini boshcha va tana turlarida (egrilik boʻlmagan xolatlarida) I-bosqichli uretroplatika operatsiyasi.
- gipospadiya kasalligini boshcha va tana formalarida (egrilik boʻlgan xolatlarida) II- bosqichli, yaʼni kertmakni koʻndalang qatlab uretra yasash operatsiyasi.
-buyrak tosh kasalligi va gidronefroz kasalligini operativ davolashda kichik kesim bilan old Pogorelko kesimi orqali muskul oralab kam shikast yetkazib jarroxlik amaliyotini oʻtkazish.
-sistoskopik usulda qovuq-siydik nayi stenozida qoʻyilgan stentlarni olish, uretra klapinini kesish, qovuq patologiyasida sistoskopik tashxis qoʻyish.
Kelgusida rejalashtirilgan ishlar:
-boʻlim shifokorlarini uzluksiz malakasini oshirib borish.
- boʻlimda oʻtkaziladigan zamonaviy tekshirish va davolash usullarini, operatsiyalarni tumanlar miqyosida ustoz-shogird master klasslar orqali targʻib qilish.
-tumanlardan urologik kasalligi boʻlgan bemorlarni viloyatdan chetga chiqib davolanishini
kamaytirish.
Dispanser xisobiga turgan bemorlarni sogʻlomlashtirish.