JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 102 million 584 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 222 mingdan ziyod kishi vafot etgan (1.02.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 20:26 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 444 580 yangi holati aniqlandi, 10 885 nafar bemor vafot yetdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (02.02.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 103 million 409 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 237 mingdan ortigʻi vafot etgan. Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 25,817 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,757 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (9,176 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,868 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,817 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 141 327, Hindistonda 11 427, Braziliyada 58 462, Rossiyada 17 648, Buyuk Britaniyada esa 21 088 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.