Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

Mehrli qo‘llar

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida “Mehrli qo‘llar” imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi tashabbusi bilan tug‘ma yurak nuqsoni bor bo‘lgan bemor bolalarda tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda mazkur klinikaning malakali mutaxassislari — kardioxirurgiya bo‘limi mudiri Nodir Ibragimov va tibbiy radiologiya bo‘limi mudiri Azimjon Madumarov tomonidan ko‘riklar tashkil etilmoqda.

Ikki kun davom etadigan tadbir davomida saralangan bemorlarda klinikada bepul operatsiyalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.