Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

QASHQADARYO VILOYATI BOLALAR KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZI BOSHLIG`INING MARKAZ JAMOASI VA VILOYAT AHOLISIGA MUROJAATI

Hurmatli yurtdoshlar! Qadrli soha vakillari!

Korrupsiya — har qanday jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi eng xavfli illatlardan biridir. Afsuski, ushbu muammo sog‘liqni saqlash tizimida ham hali-hanuz dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu sababli mamlakatimizda bu illatga qarshi keskin va tizimli kurash olib borilmoqda.

Markazimizda ham inson omiliga bog‘liq bo‘lgan salbiy holatlarni kamaytirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tizimni yanada shaffof va samarali qilish yo‘lida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ochiklik va halollik — ishonch garovi

📌 Jamiyat nazoratisiz korrupsiyani bartaraf etish mushkul. Shuning uchun barchangizni sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan holi, halol va xalqchil tizimga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlarga faol qo‘shilishga chaqiraman.

Raqamli tizimlar — korrupsiyaga qarshi kurashning samarali vositasi

🖥 Shu maqsadda markazimizda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, jarayonlarni ochiq va shaffof qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:

Yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED) joriy qilinmoqda;

Tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilish faqat ochiq va raqamli tanlov asosida amalga oshirilmoqda;

Rahbar va mutaxassislar uchun zamonaviy menejment hamda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning burchimiz

✅ Albatta, bu hali yetarli emas. Oldinda hali ko‘plab muhim vazifalar turibdi. Shu bois, jamiyatimizdagi har bir fuqaroni, ayniqsa soha xodimlarini kuchli jamoatchilik nazoratini ta’minlashga, tizimni sog‘lomlashtirish yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga chorlaymiz.

MUROJAAT UCHUN:

📞 Korrupsiya yoki qonunga zid har qanday holatga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi manzillar orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz:

📱 Ishonch telefoni: 1003

📧 Elektron pochta: qash_korr@ssv.uz

📞 Markaz rahbari telefoni: +998 97 222 07 25

Hurmat bilan,

Shukurov Bahrom Saydullayevich

Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi boshlig‘i