Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

Qashqadaryolik mutaxassislar Hindistonda tajriba orttirmoqda

Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokor o‘rinbosari Raxmonov Ulug‘bek Shokirovich hamda pediatr shifokori Bahriddinova Maftuna Hindiston hukumati tashabbusi bilan o‘tkazilgan ITEC dasturi tanlovida g‘olib bo‘lib, hozirda xorijiy stajirovkada ishtirok etmoqda.

Ular “International Public Health Management Development Program” kursida qatnashib, xalqaro sog‘liqni saqlash boshqaruvi bo‘yicha malaka oshirishmoqda.

📌 Dastur doirasida barcha xarajatlar Hindiston hukumati tomonidan qoplanadi.

📍Eslatib o’tamiz! Bu dasturda Qashqadaryoik 2nafar bolalar shifokori g’olib bo’lib, 50ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan tajriba almashmoqdalar.

Bu tajriba almashuv viloyat sog‘liqni saqlash tizimi uchun xalqaro tajriba almashinuvida muhim qadam hisoblanadi.