Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

RASMIY MUNOSABAT

“Telegram” messenjeridagi kanalda Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bemorlar uchun tayyorlanayotgan ovqatlar sifatsizligi tanqid qilingan. Mazkur holat o‘rganilib, quyidagilar aniqlandi.

Avvalo qayd etish zarurki, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan nizomga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda mijozlarni ovqat bilan ta’minlash autsorsingga o‘tkazilgan. Bunda autsorser tadbirkor tegishli tanlov asosida shaffof tarzda tanlab olinadi.

Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini ovqat bilan ta’minlash bilan xuddi mana shu tartib asosida tanlovda yutib chiqqan Samarqand viloyati Jomboy tumani “Jomboy parhez taom” MChJ shug‘ullanmoqda.

Ta’kidlash kerakki, murojaatda qayd etilgan ovqatlar sifatsizligi holati aynan shifoxona ma’muriyatining tashabbusi bilan aniqlangan.

Joriy yilning 10 iyul kuni bu borada dastlabki holat qayd etilgan. Tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomaning tegishli bandida agar autsorser shartnoma shartlariga amal qilmasdan, xizmatlar sifatining yomonlashuviga yo‘l qo‘ysa, barcha kamchiliklarni buyurtmachining talabi bo‘yicha bir kun ichida bepul tuzatishi ko‘rsatilgan. Ma’muriyat vakillari shu asosda 11-12 iyul kunlari bo‘limlarda o‘rganish ishlari olib borgan va tegishli hujjatlarni jamlagan.  Bo‘limdagi xodimlar va bemor bolalarning yaqinlari markaz rahbari nomiga ovqatlar sifatsizligi bo‘yicha bildirgi yozib bergan. Shuningdek, aynan ovqat sifatsizligini asoslash maqsadida aynan ma’muriyat tashabbusi bilan xodimlarning noroziligi aks etgan videolar joriy yilning 11-12 iyul kunlari tasvirga tushirilib, autsorserga va tegishli idoralarga yuborilgan. Qizig‘i shundaki,  aynan shu bildirgilar va videolardan «Telegram» kanalidagi tanqidiy materialda  markaz ma’muriyatini ayblash uchun foydalanilgan. Ko‘rinadiki, buning uchun hech qanday asos yo‘q.

Ayni paytda autsorser tadbirkor tomonidan bu boradagi barcha muammolar bartaraf etilgan. Markazdagi barcha bo‘limlar sifatli ovqat bilan ta’minlanmoqda. Bu borada qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.