Seminar
Prezidentimizning 2024 yil 9 fevraldagi “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2023 yil 21 dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Salomatlik va strategik rivojlanish institutining bir guruh xodimlari tomonidan viloyatimizda seminarlar tashkil etildi.
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda institut direktorining o‘rinbosari Nodira Alixanova to‘g‘ri ovqatlanish mavzusida ma’ruza qildi, savollarga batafsil javob berdi. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida kardiolog, endokrinolog va onkologlar uchun seminar tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar Shahrisabz shahri, G‘uzor va Koson tumanlarida ham o‘tkazildi.