Bolalar rivojlanishida shirinlik yetarlimi
Bola o‘sish davrida ko‘p shirinlik iste’mol qilsa, asosan tanasi energiya oladi va vazni tezroq oshishi mumkin. Lekin bu miya rivojlanishi uchun yetarli emas.
🧠 Miyaning to‘g‘ri rivojlanishi uchun bolaga oqsilga boy mahsulotlar kerak: tuxum, go‘sht va dukkaklilar (loviya, mosh, no‘xat)
Oqsillar — miya hujayralari shakllanishi va xotira, diqqat, fikrlash qobiliyati rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
⚠️ Shuning uchun bola rasionda: shirinliklar me’yorda, oqsilga boy ovqatlar yetarli bo‘lishi juda muhim.
👨👩👧👦 Sog‘lom va aqlli avlodni shakllantirish — to‘g‘ri ovqatlanishdan boshlanadi❗️
Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati