Nima uchun bolalarda infeksion kasalliklar ko‘p uchraydi
Bolalarda infeksion kasalliklarning ko‘p uchrash sabablaridan biri — A vitamini yetishmasligi hisoblanadi.
A vitamini bolalarning immun tizimini mustahkamlab, organizmni turli infeksiyalardan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
🔹 A vitamini jigar, tuxumda ko‘p uchraydi.
Shuningdek, sabzi va qovoq kabi mahsulotlar ham A vitaminiga boy. Ularni ozgina yog‘da qovurib yoki pishirib berish orqali organizmga A vitaminining o‘zlashtirilishi yanada yaxshilanadi.
👶 Bolalar ratsionida foydali va vitaminlarga boy mahsulotlarning bo‘lishi ularning sog‘lom o‘sishi va immunitetini mustahkamlashga yordam beradi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati