Qashqadaryo viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Bizning manzil
Qarshi sh, Otchopar MFY
Ishonch telefoni
+998 (91) 536 - 75 - 46
Email manzil
support@qvbkttm.uz
Ish vaqti
Du - Juma: 8:00 - 18:00

Ramazon tuhfasi

Koson tumanida yashovchi 11 yoshli Norqulova Diyora ayni paytda «Vaqf» hayriya jamoat fondi ko‘magida Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining nevrologiya bo‘limida davolanmoqda.
Diyora sog‘lig‘i sabab yil davomida 3–4 marotaba davolanishga muhtoj bo‘ladi. Biroq oilaning moddiy imkoniyati cheklanganligi sababli har safar davolanish ular uchun qiyinchilik tug‘dirardi.
«Vaqf» hayriya jamoat fondi tomonidan ko‘rsatilgan ko‘mak tufayli Diyora hozir malakali shifokorlar nazoratida zarur muolajalarni olmoqda.
Bemor qizning onasi yaratilgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga hamda ushbu ezgu ishga sababchi bo‘lgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.